Hindistonning sharqiy va shimoliy qismida yashin urishi oqibatida 107 kishi halok bo`ldi. Bu haqda The Times of India gazetasi xabar berdi, deya yozmoqda "Daryo".
Ma`lumotlarga ko`ra, yashin oqibatida Bixar shtatining sharqida 83 kishi, yana 24 kishi shimoliy Uttar-Pradesh shtatida halok bo`lgan. Qurbonlarning aksariyati yashin chaqqan vaqtda dalada ishlayotgan bo`lgan. Favqulodda xizmatlarning yuqori xavf darajasidan ogohlantirishiga qaramay, odamlar noqulay ob-havo sharoitida ham ishlashni davom ettiravergan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o`zining Twitter’dagi sahifasi orqali halok bo`lganlarning oilasida hamdardlik bildirgan. Uning so`zlariga ko`ra, shtatlar hukumati halok bo`lganlarning oilasida moddiy yordam ko`rsatadi.
Ma`lumot uchun: 2019 yilning iyunida Bangladeshda sutka davomida yashin urishi oqibatida 14 kishi halok bo`lgan edi.






