AsosiyJamiyat

Fohishaxonadagi qotillik

Ushbu hodisalar Gulistonda bo`lib o`tgan.

Uning bosh «qahramoni» Andijon viloyatida tug`ilgan Yahyobek o`g`ri, bezori yigit sifatida tanilib qolgan edi. Chunki u uch marta sudlangan. Unga nisbatan amnistiyalar qo`llanganligi, bir necha bor qisqa muddatlarga qamoq jazolarini o`tagani yigitga dars bo`lmadi, deb yoziladi «Adolat ko`zgusi» gazetasining 43-sonida.

Bu kimsaning ko`zi qiz-juvonlarni ko`rganda, o`ynab ketardi. Zangiota tumanidagi novvoyxonalardan biriga ishga joylashib olgan yigit zerikkandan-zerikar edi. O`zi kabi boshqa viloyatdan kelgan «Xumor»ni ko`rib ko`ngli alag`da bo`ldi.

Uning kasalmand ekanligi, operasiya qilinganligi, shifoxonada davolanayotganidan boxabar bo`lgach, u mehribon akaga aylandi qoldi.

— Do`xtirlar o`z yo`liga, eskicha ham qilish kerak, — dedi u qizni avrab. — Bizni Andijon taraflarda shunaqa ziyoratgohlar borki, shunaqa folbin-qushnochlar borki...

Uning gaplarini eshitgan qiz tezroq Andijonga borgisi keldi. Yo`lga tushishdi. Ular o`tirgan taksi Ohangaron tumaniga etib kelgach, kimsasiz da-lada to`xtadi. Taksini jo`natib yuborgan Yahyobek qizni bo`g`ib, o`ldirish bilan qo`rqitib, zo`rlik yo`li bilan murodiga etadi.

Gulistondagi uchrashuv

Ishdan zerikkan mahali Yahyobekning telefonni «titkilab», tasodifiy raqamlar orqali tanish orttirishga ishqibozligi kuchli edi. Bunday ishqibozlikka o`ch ayol ham topila qoldi. Bir necha bor telefon orqali qilingan muloqot va «SMS»lardan so`ng «Dilnavoz» Ya.Abdunazarovga uchrashuv belgilaydi.

Pulni cho`ntakka joylab, Yahyobek Guliston shahriga yo`l oldi. Aytilgan manzil bo`yicha fohishaxonani topib bordi. Qo`shmachi xotin uni bir fohishaga ro`para keladi. Nafsi qongan Yahyobek to`lovga kelganda nomardlik qilgan ko`rinadi, o`zaro kelishmovchilik oqibatida u pichog`ini qinidan chiqarib, avval fohishaning siynasiga, keyin qo`liga, oyoqlariga pichoq sanchdi. Uning dod-voyini eshitgan qo`shmachi xotin xonaga bostirib kirdi. Himoyaga otlangan qo`shmachining yonida yana bir fohisha paydo bo`ldi. Yahyobek uning ham yarim yalang`och elkasiga va qo`liga pichoq sanchdi. Ketma-ket sanchilgan pichoqlar oqibatida qo`shmachi xotin shu erning o`zida jon taslim qildi.

Yahyobek bu safar ham qochishga ulgurdi.

***

«Buzoqning yugurgani somonxonagacha» deyishadi. Jinoyat ishlari bo`yicha Sirdaryo viloyati sudi tomonidan Yahyobek Abdunazarov nomusga tegish, bosqinchilik, qasddan odam o`ldirish bilan bog`liq, bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sudning hukmi bilan, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan Yahyobek Abdunazarov 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U tayinlangan jazoning 2 yilini turmada, qolganlarini qattiq tartibli koloniyalarda o`taydi.

Boshqa yangiliklar