AsosiyDunyo

Misrda er o`z xotinini koronavirusga chalingani uchun beshinchi qavatdan pastga uloqtirdi

'Misrda er o`z xotinini koronavirusga chalingani uchun beshinchi qavatdan pastga uloqtirdi'ning rasmi

Misrda er o`z xotinini koronavirusga chalingani uchun beshinchi qavatdagi uyidan erga uloqtirdi. Ammo, 25 yoshli ayol tirik qolgan. Qo`shnilari ayolni shifoxonaga olib borgan va u jarrohlik amaliyotini o`tkazgan, deya yozmoqda Tarjumon.

Polisiya bu jinoyatni amalga oshirgan erni hibsga olgan va surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Erkakning aytishicha,u ayoli bilan doimiy ravishda janjallashib kelgan. Ayol virusni yuqtirib olgani ma`lum bo`lgach esa er-xotin o`rtasidagi ziddiyatlar yanada avj olgan.

“Men koronavirusni yuqtirib olishdan qo`rqdim. Ayolim uch marta test topshirdi va ularning hammasida virusni yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi. Shuning uchun men undan uyni tark etish so`radim. Lekin ayolim ketmadi va men uni tashqariga itarib yubordim”, degan erkak polisiyaga bergan ko`rsatmasida.

Hozirda sud ayol to`liq ko`rsatma berishi uchun uning tuzalib karantindan chiqishini kutmoqda.

Qohiradagi “Ain Shams” universiteti shifoxonasi jarrohi doktor Ali Mazyadning aytishicha,ayol koronavirusga chalingani uchun maxsus xonaga joylashtirilgan bo`lib, hozirda u reanimasiyada va uning to`liq tuzalishi uchun bir necha oylar kerak bo`ladi.

Bu voqea koronavirus sabab joriy qilingan karantin davrida nafaqat Misrdagi,balki butun dunyodagi oilalarda kelishmovchiliklar kelib chiqayotganini yana bir bor ko`rsatdi.

“Hozirda hech qaysi istirohat bog`lari va ko`ngilochar joylar ishlamayapti. Natijada, oila a`zolarining hammasi uzoq vaqt davomida bir joyda qolishga majbur bo`lishmoqda. Biz hammamiz bir kemadamiz va noma`lum dushman bilan kurashmoqdamiz. Shuning uchun biz hozirgi vaziyatda bahamjihatlikda yashashimiz kerak”, deydi psixolog Nermin Gid. Uning so`zlariga ko`ra,maktablarning yopiqligi, yolg`izlik, iqtisodiy muammolar va zerikish ham oiladagi kelishmovchiliklarning vujudga kelishiga sabab bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar