AsosiyJamiyat

2016 yilda qariyb 1 millionga yaqin ish o`rni yaratilishi ko`zda tutilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo`mitasida 2016 yil ish o`rinlarini yaratish va aholi bandligini ta`minlash dasturi loyihasi muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirliklari, Davlat soliq qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasi mas`ul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda har yili demografik va mehnat bozori omillarini hisobga olgan holda ish o`rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash bo`yicha bandlik dasturlari qabul qilinmoqda. 2016 yilga mo`ljallangan dastur loyihasini ishlab chiqishda mehnat bozoridagi talab va taklif chuqur o`rganilgani barobarida iqtisodiyot tarmoqlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari inobatga olingan.

Dasturda belgilangan barcha yo`nalishlar bo`yicha 2016 yilda qariyb 1 millionga yaqin, jumladan, maqsadli kompleks dasturlariga muvofiq 396,9 ming, yakka tartibdagi tadbirkorlik, kasanachilikni tashkil etish, fermer va dehqon xo`jaliklarini rivojlantirish orqali 595,9 ming ish o`rni yaratilishi ko`zda tutilmoqda.

2016 yilda kasb-hunar kollejlarini tamomlaydigan 511,5 ming bitiruvchi bandligini ta`minlash, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida 13 trillion so`m bank kreditlari ajratilishi rejalashtirilgan.

Yig`ilishda dastur loyihasida belgilangan barcha parametrlarda rejalashtirilgan ish o`rinlarini tashkil etish mexanizmlari muhokama qilindi. 

    Boshqa yangiliklar