Rekord vaqt ichida COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish juda qiyin bo`lishi tabiiy. Pandemiyani jilovlash uchun vaksina yaratish va uni etarli miqdorda ishlab chiqarish misli ko`rinmagan darajadagi murakkab ish bo`lib, tibbiyot mutaxasislari bu yo`lda tarixdagi eng ulkan muommmolarga duch kelmoqdalar. Lekin, bu hammasi emas.
Reuters agentligi o`nlab tibbiyot vakillari bilan bo`lgan intervyularda tibbiyot mutaxassislarining muommolarga duch kelayotganliklarini aniqladi. Oddiy shpristlardan tortib zaruriy dori-darmonlargacha bo`lgan ehtiyoj manbalari bugungi murakkab sharoitda muammoga aylanishi extimoldan xoli emas.
Jumladan, Hindistonning Punisidan Angliyaning Oksford va Qo`shma Shtatlardagi Baltimorgacha cho`zilishi mumkin bo`lgan ta`minot zanjiri xohlagan daqiqada juda og`ir jarayonni va uzilishni boshdan kechirishi mumkin.
AQSh armiyasining yuqumli kasalliklarni tadqiq qilish markazi direktori, polkovnik Nelson Maykl, hukumatning kelasi yilning yanvar oyiga qadar keng miqyosda vaksina etkazib berish bo`yicha «Warp Speed» loyihasi ustida ish olib borayotganini ma`lum qildi.
Bundan tashqari butun dunyoda koronavirusga qarshi vaksinalar sinovi davom etmoqda. Ularning qay biri muvofaqqiyatli bo`lishi esa hozircha vaqtga bog`liq.






