AsosiySport

Rossiyaning yana bir klubida 6 nafar futbolchida koronavirus aniqlandi

'Rossiyaning yana bir klubida 6 nafar futbolchida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Rossiyaning «Orenburg» klubi jamoa futbolchilari va xodimlarida koronavirus aniqlanganligini rasman e`lon qildi.

«Orenburg» klubida o`tkazilgan navbatdagi test natijalariga ko`ra, klubning 8 nafar a`zosi – 6 nafar futbolchi va 2 nafar xodimning koronavirus infeksiyasini yuqtirganligi aniqlandi», - deyiladi klubning «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida.

Qayd etilishicha, 23-turdagi «Lokomotiv» — «Orenburg» o`yini oldidan o`tkazilgan barcha test natijalari manfiy chiqqan.

Ma`lumot uchun, «Orenburg» navbatdagi uchrashuvni 27 iyun kuni «Krasnodar»ga qarshi o`tkazishi lozim. Krasnodarliklarning so`nggi turdagi o`yini ham «Dinamo» futbolchisida koronavirus aniqlangani bois, qoldirilgan edi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq «Rostov», «Dinamo» va «Ufa» klublarida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar