1

Bektemir Meliqo`zievning navbatdagi jangi muddati aniq bo`ldi

Sport 27.06.2020, 13:35
Bektemir Meliqo`zievning navbatdagi jangi muddati aniq bo`ldi

Professional boksning super o`rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo`ziev (5-0, 4 KO) 24 iyul kuni professional boksdagi navbatdagi jangini o`tkazadi. Bu haqda bokschining o`zi GoSport.uz (https://t.me/gosportuz) nashriga ma`lum qildi.

Shu maqsadda Bektemir Meliqo`ziev 28 iyun kuni Toshkent-Nyu-York yo`nalishi bo`yicha harakatlanuvchi charter reysdagi samolyotda AQShga uchib ketadi va o`sha erda mashg`ulotlarni davom ettiradi.

24 iyul kuni Oskar De La Hoyya rahbarligidagi Golden Boy promouterlik kompaniyasi muxlislarsiz o`tadigan boks oqshomi tashkil etadi va unda Meliqo`ziev ham ringga ko`tarilishi rejalashtirilgan. Hozircha Bektemirga kim raqib bo`lishi aniq emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1