Nyu-York fond birjasida shakar narxi rekord darajada o`sdi

Dunyo 27.06.2020, 14:55
Nyu-York fond birjasida shakar narxi rekord darajada o`sdi

Ushbu chorakda global savdolarda shakar narxi oxirgi to`rt yil ichida eng katta o`sishni ko`rsatmoqda. Xususan,  Nyu-York fond birjasida shakar xom ashyosining fyuchers shartnomalari narxlari mart oyi oxiridan deyarli 13 foizga ko`tarildi. Bu 2016 yilning ikkinchi choragidan beri eng katta o`sish hisoblanadi.

Ekspertlarga  ko`ra, mazkur holatga neft bozorlaridagi jonlanish va shakar o`rnini bosuvchi mahsulotlarni etkazib berishdagi  uzilishlar sabab bo`lgan.

Xalqaro Shakar Tashkilotining ((ISO) may oyidagi hisobotiga ko`ra, koronavirus pandemiyasidan beri global shakar iste`moli 2,1 million tonnaga kamaygan.  Ammo,   bu  shakar  bozorida  narx  tushishini anglatmaydi.  Boisi, COVID-19  tufayli mamlakatlarda o`rnatilgan  karantin  choralari mahsulot  etkazib berishda uzilishlarga olib kelish ehtimoli bor, bu esa global shakar bozorida narxlarning yana o`sishiga olib kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1