1

AQShda 51-chi shtat paydo bo`lishi mumkin

Dunyo 27.06.2020, 16:00
AQShda 51-chi shtat paydo bo`lishi mumkin

Deyarli 40 yillik urinishlardan so`ng AQShning Vashington shahri mamlakatning 51-chi shtati maqomini olishga yaqin turibdi. Bu haqda uzrepodt yozmoqda.

Kecha, ya`ni  26 iyun sanasida Vakillar Palatasi ushbu qarorni ma`qulladi. Tashabbusni 232 nafar Demokrat ma`qulladi, 180 kishi qarshi bo`ldi.

Respublikachilar tomonidan boshqariladigan Senat esa qonun loyihasini ko`rib chiqish niyati yo`qligini ma`lum qildi. Donald Tramp esa tashabbusni qoraladi. Uning fikriga ko`ra, bunday qadam Kongressda Demokratlar sonining ortishiga olib kelishi mumkin. Respublikachilar esa bunday sharoitda Senatdagi ustunlikdan ayrilib qoladi.

Respublikachilarning ma`lum qilishicha, shaharga shtat maqomini berish uchun Konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritish talab etiladi. Fuqarolar esa, 700 ming aholisi bo`lgan shahar aholisi soliq to`lasa-da, federal hukumatda ovoz yo`qligini iddao qilmoqdalar.

Ohirgi marta AQShda yangi shtatlar 1959 yilda paydo bo`lgan. O`shanda Kongress Alyaska va Gavayini rasman 49-chi va 50-chi shtat deya e`lon qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1