1

Dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 10 milliondan oshdi, bemorlarning 9 millioni so`nggi ikki oyda kasallangan

Dunyo 28.06.2020, 12:52
Dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 10 milliondan oshdi, bemorlarning 9 millioni so`nggi ikki oyda kasallangan

 Ayni vaqtda dunyoda virus 10,081 mlndan ko`proq kishida aniqlangan. Ularning 501 mingdan ko`prog`i vafot etgan, deya Worldometer portalining oxirgi ma`lumotlarini keltiryapti "kun.uz".

Koronavirusga chalinish va undan o`lim holatlari bo`yicha AQSh dunyoda 1-o`rinda turibdi – 2,596 mln kasallangan va 128 mingdan ko`proq o`lim. Keyingi o`rinni 1,315 mln kasallangan va 57 mingdan ko`proq o`lim holati bilan Braziliya egallamoqda. Kasallanishlar soni bo`yicha 3-o`rinni Rossiya 627 mingdan ko`proq holat bilan egallamoqda.  

Portal ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirusdan o`lim darajasi 1 mln kishidan 64,2 nafarga, AQShda 387 nafargan, Braziliyada esa 269 nafarga etdi.

Ma`lumot uchun, so`nggi ikki oy ichida dunyoda kasallanish holatlari soni 1 milliondan 10 millionga chiqdi. Kasallik dunyoga tarqalishi boshlangan vaqtdan (yanvar oyi oxiri) umumiy ko`rsatkich 1 millionga etishi uchun (aprel oyi boshi) uch yarim oy vaqt ketgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1