1

Turklar koronavirusni davolashning yangi usulini topdi, bemor bir kechada sog`aydi

Salomatlik 29.06.2020, 10:30
Turklar koronavirusni davolashning yangi usulini topdi, bemor bir kechada sog`aydi

Turkiyalik professor koronavirusning davolashning oson va uzoq vaqt talab etmaydigan usulini o`ylab topdi va u sinovdan muvaffaqiyatli o`tdi. Yangi uslubga "Turk nurlari" nomi berildi. Bu haqda Turkiyaning mahalliy nashrlar yozmoqda.

Yangi davolash uslubiga ko`ra, kateter orqali qon tomirlariga ultrabinafsha nurlari joylashtiriladi va u qondagi infeksiyalarni tozalaydi.  

Yangi davolash tajribasi Diyorbakir tibbiyot universiteti shifoxonasida 46 yoshli koronavirusga chalingan bemorda sinab ko`rildi. Muolajalardan keyin bemor koronavirus testini topshirgach, unda manfiy natija qayd etildi.  

Ma`lum qilinishicha, dunyo tarixida birinchi marta ultrabinafsha nurlari orqali davolash uslubi koronavirus tashxisi qo`yilgan bemorda qo`llanilgan va u kutilgan natijani bergan. Professor doktor Hikmat Selchuk Gedik rahbarligida olib borilgan muolajalardan so`ng, bemor o`zini yaxshi his etishni boshladi. U uyg`ongach og`riq va sanchiqlar yo`qolganini payqagan.

“46 yoshli bemorimizda  kasallikning aksirish, yo`tal va isitma kabi alomatlari bor edi. U nafasi qisayotganidan shikoyat qildi. Ma`lumki, virusning 20 foizi qon tomirlarida, 80 foizi esa nafas yo`llarida yashaydi. Biz bemorning qon tomirlari va nafas yo`llariga ultrabinafsha nurlarini joylashtirish orqali davolashni amalga oshirdik.  

Muolajalardan keyingi test natijalari salbiy chiqdi”, chiqdi deydi professor Hikmat Selchuk Gedik.

U o`z so`zida davom etarkan, aslida ushbu tajribani AQShda amalga oshirish fikri bo`lgani, keyinroq Turkiyaning tibbiyot salohiyatini dunyoga tanitish maqsadida bu fikrdan qaytganini aytadi.  

“Aslida biz ushbu tadqiqotni Nyu-Yorkda o`tkazishni rejalashtirgan edik. Bugun esa ushbu tajribani o`z yurtimizda o`tkazganimizdan mamnunmiz. Ushbu usul butun dunyoda “Turk nurlari” nomi bilan qabul qilinadi va ro`yxatdan o`tkaziladi”, deydi shifokor.  

OAVning yozishicha, ultrabinafsha nurlari orqali koronavirusni davolash boshqa bemorlarda ham sinab ko`riladi. Natija avvalgidek bo`lsa, u butun mamlakatda qo`llaniladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1