Xitoyda bo`lib o`tgan yog`ingarchilik va toshqinlarida o`nlab odamlar halok bo`ldi (video)

Dunyo 29.06.2020, 22:28
Xitoyda bo`lib o`tgan yog`ingarchilik va toshqinlarida o`nlab odamlar halok bo`ldi (video)

O`tgan ikki kecha-kunduzda Xitoyning Sichuan provinsiyasida bo`lib o`tgan kuchli yomg`irlar va ular natijasida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 12 kishi halok bo`ldi, o`nlab odamlar bedarak yo`qolid, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Mahalliy hukumat vakillarining ma`lum qilishicha, kuchli shamol va yog`ingarchiliklardan so`ng Myannin uezdida 12 kishi halok bo`lgan va o`ndan ortiq kishi izsiz yo`qolgan. Ixay shaharchasida esa suv toshqinlaridan keyin to`qqiz kishi halok bo`lgan va etti kishi bedarak yo`qolgani ayilmoqda.

Shuningdek, Gaoyan uezdida ham ikki kishi halok bo`lgan va uch kishi yo`qolgan.

Sichuanga yopirilgan tabiiy ofat jami 10 ming kishining mol-mulkiga zarar etkazgan — mahalliy yo`llar avtotrassalardan uzilib qolgan, suv hatto ko`p qvatli uylarga ham shikast etkazgani aytilmoqda. Favqulodda xizmatlar tumandan 7,7 ming kishini evakuasiya qilgan.
Video: 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1