1

AQShning ko`plab shtatlarida karantin choralarini yumshatish rejasi bekor qilindi

Dunyo 30.06.2020, 20:55
AQShning ko`plab shtatlarida karantin choralarini yumshatish rejasi bekor qilindi

AQShning 14 ta shtatida koronavirus tarqalishi kuchayayotgani bois cheklov choralarini yumshatish rejasi bekor qilindi, deb xabar qildi CNN telekanali.

Aytilishicha, AQShda mustaqillik kuni yaqinlashayotgani (4 iyul) tufayli, jamoatchilik xavotiri ortib bormoqda. Chunki bunday kunlarda ommaviy yig`inlar, kechki ziyofatlar avjiga chiqadi, odamlar plyaj, barlar va kechki ziyofatlarga ko`p boradi.

Ta`kidlanishicha, Texasda va Kaliforniyaning boshqa hududlarida restoran va barlar yana yopib qo`yildi, Mayami, Fort-Loderdeyle va Palm-Bichda esa, kelayotgan dam olish kunida plyajlarga kelish taqiqlandi.

Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, AQShda hozirgacha 2 million 564 ming 163 kishi koronavirus kasalligi bilan ro`yxatga olingan, COVID-19 pandemiyasi 125 ming 928 kishining yostig`ini quritdi. Ushbu ko`rsatkichlar bo`yicha Qo`shma Shtatlar dunyoda eng oldingi o`rinda bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1