Tailandda 30 iyun kuni xorijdan kelgan ikki kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Bu mamlakatda 36 kundan beri aholi orasida yangi kasallanish hollari kuzatilmayapti.
Tailandagi COVID-19ga qarshi kurash markazining matbuot kotibi Panprapa Yongtrakulning ma`lum qilishicha, yangi kasallangan ikki kishi Qatardan kelgan fuqarolar bo`lib,ular mamlakatga kirganidan keyin karantinga olingan.
Hozirgacha Tailandda 3171 kishi koronavirus bilan kasallandi va ularning 58 tasi vafot etdi. Bugundan boshlab Tailandda maktablar va barlar ochiladi hamda ba`zi xorij davlatlari fuqarolarining mamlakatga kirishlariga ruxsat beriladi.






