"Darakchi" tavsiya etadi

Salomatlik 18.11.2015, 17:06
"Darakchi" tavsiya etadi

Qo`llaringiz mayin bo`lsin!

— Sovuq tushishi bilan qo`llarim terisi quruqlashib, dag`allashib qoladi. tirnoqlarim ham tekis va chiroyli bo`lib turmaydi. Uy sharoitida qanday muolalar qilsam, qo`llarim mayin va chiroyli bo`ladi.

Malohat, Samarqand shahri

Sovuq qo`llarimizga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi. Bunnig ustiga qo`llarimiz — tashrif qog`ozimiz. Demak, ularni astoydil parvarishlamasak bo`lmaydi.

Qish davomida qo`lqoplar kiyib yurasiz. Demak, tirnoqlaringiz plastinasini tiklashning ayni payti. Tirnoq bo`yog`idan tirnoqlaringizni tozalagach, ularga istalgan yog`dan surting.

Tirnoqlarni parvarishi va terini yumshatish uchun qo`llarga 10-15 daqiqa davomida vanna qilish kerak. 45-55 daraja issiqlikdagi suv qon aylanishini yaxshilab, teridagi teshikchalarni ochadi. Natijada, qo`l terisi va tirnoqlar vitaminlarni tez qabul qiladi. Buning uchun suvga dengiz tuzi, o`simlik yog`i, kanakujut yoki bodom moyi, vitamin A va Elardan birortasini solish, kifoya.

Qo`llar uchun krem xarid qilayotganda ular tarkibida vitamin A (terini yoshartiradi), kollagen va elastin (terini qarishdan asrab, cho`ziluvchanligini oshiradi) borligiga e`tibor qarating. Kremlarni ertalab va kechqurun, albatta, surting.

Suli yormasinini ezib, yarim choy qoshiq o`simlik yog`i qo`shing. Qo`llaringizga yaxshilab surtib, uqalang-da, issiq suvda yuving.

Kartoshkani qaynatib, ezing-da, iliq sut qo`shing. Niqob teri kuymadigan darajadagi issiqlikda bo`lsin. Qo`llaringizga surtib, 10-15 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1