1

Dorixonalarda sotilayotgan virus blokator bizni koronavirusdan himoya qilishga qodirmi?

Salomatlik 02.07.2020, 08:52
Dorixonalarda  sotilayotgan virus blokator bizni koronavirusdan himoya qilishga qodirmi?

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma`lumotlar taqdim etildi.

Dorixonalarda koronavirusdan himoya qiladigan qimmat beydj (virus blokator) sotilmoqda. Aytishlaricha, u 2 metr masofagacha virusdan himoya qilarmish. Beydj — sotib olishga arziydimi?

 "Viruslar blokatori — Yaponiyada kashf qilingan individual beydj, hozirgi vaqtda Rossiya kompaniyalari ham uni ishlab chiqarishmoqda. Kashfiyotchilarning ta`kidlashicha, beydjga kiritilgan dioksid xlorid moddasi inson  atrofidagi havoni zararsizlantirishga va bakteriya, virus va qo`ziqorinlarni yo`q qilishga yordam beradi.  

Afsuski, bunday bayonotlar beydjlar haqiqatdan inson atrofida tozalikni ta`minlashga qodirligini dalillovchi biror asoslangan ilmiy maqolaga tayanmagan. Dioksid xlor bug` shaklida A gripp virusi faolligini pasaytiradi, buning uchun uni sepish kerak, plastik yoki qog`ozga kiritish emas. Bundan tashqari, tajribada moddani faqat bitta kasallik qo`zg`atuvchisida sinovdan o`tkazishgan, ishlab chiqaruvchilar esa barcha mavjud mikroorganizmlardan 99%ga himoyalashini aytishmoqda", — izohladi Habibulla Oqilov 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1