AsosiyDunyo

Koronavirus shakliga o`xshash shirinlik ommalashmoqda

'Koronavirus  shakliga o`xshash shirinlik ommalashmoqda'ning rasmi

Tailandda qator oilaviy qandolat firmalari koronavirus shaklini  eslatuvchi  shirinlik ishlab chiqarishni yo`lga  qo`ydi. Bu haqda "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi rasmiy kanalida xabar berildi.

Yangi mahsulot qora  va   qizil guruch,  kokos sutidan tayyorlangan. Unga qovurilgan  sabzavotdan "toj  kiydirilgan". Shirinlikning  bunday  ko`rinishi COVID-19  shaklini yaqqol   eslatadi.  

Manbalarda  koronavirus  shaklidagi shirinlik tailandliklarda  katta  qiziqish  uyg`otgani,  mijozlar mahsulotni  xarid qilish uzun navbatlar hosil qilayotgani  aytilgan.

    Boshqa yangiliklar