1

Shahram G`iyosov Shohjahon Ergashevni quvib o`tdi.

Sport 02.07.2020, 18:31
Shahram G`iyosov Shohjahon Ergashevni quvib o`tdi.

WBA iyul oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini e`lon qildi, deya yozmoqda Go Sport.

Unga ko`ra, super engil vaznda (-63,5 kg) ringga ko`tarilayotgan o`zbekistonlik Shahram G`iyosov (9-0,7 KO) bir pog`ona yuqorilab, Shohjahon Ergashevni (18-0, 16 KO) quvib o`tishga muvvafaq bo`ldi. Shoh bu safar reyting 7-o`rindan joy oldi.

Super yarim o`rta (-69,85 kg) vaznda Isroil Madrimov 2-o`rini saqlab qolgan bo`lsa, Bektemir Meliqo`ziev esa super o`rta (-76,2 kg) vaznda 14-o`rinda qolgan. Yarim og`ir vaznda (-79,4 kg) Rustam To`laganov 15- pog`onada bormoqda.

Murodjon Ahmadaliev ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vaznda WBA va IBF yo`nalishlari chempioni sifatida qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1