1

Rossiya-Qozog`iston chegarasida to`planib qolgan O`zbekiston fuqarolari holati yuzasidan rasmiy axborot berildi

Dunyo 02.07.2020, 19:26
Rossiya-Qozog`iston chegarasida to`planib qolgan O`zbekiston fuqarolari holati yuzasidan rasmiy axborot berildi

Rossiya-Qozog`iston chegarasida to`planib qolgan O`zbekiston fuqarolari holati yuzasidan TIV rasmiy axborot berdi.

Mamlakatimizning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bergan ma`lumotga ko`ra, Rossiya-Qozog`iston chegarasi «Mashtakovo» va «Sagarchin» nazorat-o`tkazish punktlari yaqinida O`zbekiston fuqarolari to`plangani kuzatilmoqda.

TIV axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, mazkur masala mamlakatimizning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog`istonning vakolatli organlari bilan muzokaralarolib borilmoqda.

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat to`g`risida ma`lumotni Respublika maxsus komissiyasiga kiritdi.

1 iyundan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 25 ta charter reyslari tashkillashtirildi hamda hafta oxirigacha Novosibirsk, Qozon, Ekaterinburg, Moskva, Rostov-Don shaharlariga navbatdagi reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1