«Kadrlar barcha narsani hal qiladi. Ayniqsa, yashirin kameradagi kadrlar», degan edi aforizmlar yozuvchisi Valentin Domil. Haq gap! Muxlislar ham bejiz kadr orti jarayonlariga qiziqishmaydi. Boisi sahnadagi chiqishlar reja asosida risoladagidek o`tadi-da. Lekin ayni o`sha pallada sahna ortida nimalar sodir bo`lishini tasavvur ham qilolmaysiz. Yangi «Kadr orti» sahifamiz orqali tomoshabin uchun doim sirli bo`lib qoladigan ana shu «olam» bilan tanishtirib boramiz. Ilk mehmonimiz 4 kunlik «Yoshlik qaytmaydi» nomli konsert dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan xonanda Ulug`bek RAHMATULLAEV…
“Darakchi” gazetasining bugun sotuvga chiqqan sonida coxta chipta mojarosi, homiyga ko`rsatilgan iltifot hamda Rahmatullaevni hayratga solgan muxlisa haqida o`qishingiz mumkin. O`tkazib yubormang!





