AsosiyDunyo

Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 170 milliard dollardan oshdi

'Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 170 milliard dollardan oshdi'ning rasmi

Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi yangi tarixiy natijaga 171,6 milliard dollarga ko`tarildi. Bu haqda Xalqaro va Jahon siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy xabarlar va tahlil kanali yozmoqda. 

Yangi rekord Amazon aksiyalari narxining ko`tarilishi natijasida paydo bo`ldi - chorshanba natijalariga ko`ra, u 4,4 foizga o`sib, 2 878,7 dollarni tashkil qildi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida Bezosning boyligi 56,7 mlrd dollarga o`sdi va bu holat agentlik «Buyuk depressiyadan keyingi eng yomon iqtisodiy tanazzul davrida AQShda odamlar farovonligi oshib borayotganini» ta`kidlaydi.

May oyida kichik biznesga konsalting xizmatlarini ko`rsatuvchi Comparisun kompaniyasi Bezos 2026 yilga kelib boyligi 1 trln dollarga etadigan birinchi odam bo`lishini prognoz qildi.

Forbes jurnali ma`lumotlariga ko`ra, Jeff Bezos ketma-ket uch yildan beri dunyoning eng boy odami maqomini saqlab kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar