1

Xabib Nurmagomedovning otasi koronavirusdan vafot etdi

Dunyo 03.07.2020, 16:37
Xabib Nurmagomedovning otasi koronavirusdan vafot etdi

Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov vafot etdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma`lum qildi.

"Do`stlarim, Abdulmanap Nurmagomedov bu dunyoni tark etgani haqida achinarli xabar keldi. Men butun chechen xalqini Abdulmanap Magomedovichning oilasiga chin dildan ta`ziya izhor etaman! U bizni tark etib, yaxshi nom qoldirib, munosib avlodni voyaga etkazdi", - deb yozgan Checheniston 

Ma`lumotlarga ko`ra, Xabib Nurmagomedov 22 iyun kuni otasining ahvoli og`ir bo`lganini xabar qilgan. Uning so`zlariga ko`ra, murabbiy koronavirusga chalingan, ammo "infeksiya o`z oqibatlarini qoldirgan" va u Moskvadagi kasalxonada reanimasiyada yotgan. U dastlab pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan, ammo keyinchalik insultga uchragan va bir hafta komada yotgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1