1

Yangi tashkil etilgan Tuproqqal`a tumanida turizm marshrutlari yaratiladi

Madaniyat 04.07.2020, 20:05
Yangi tashkil etilgan Tuproqqal`a tumanida turizm marshrutlari yaratiladi

Tuproqqal`a tumanida 3 ming yillik tarixga ega 10 dan ortiq tarixiy ahamiyatdagi arxeologik yodgorliklar mavjud. Hudud Amudaryo bo`yida joylashganligi hamda tumanning asosiy qismi sahro hududidaligi yuqori turistik salohiyatni namoyon qiladi.

Mazkur tumanda mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangidan 59 ta turizm infratuzilma ob`ektlarini yaratish bo`yicha investisiya loyihalarining manzilli dasturi shakllantirildi. Bu orqali yangi tashkil etilgan tumanda 2020-2021 yillarda 63,9 mlrd.so`m investisiyalar o`zlashtirilishi hisobiga 472 ta yangi ish o`rinlari yaratilishi belgilangan.

Viloyat ishchi guruhi tomonidan mazkur tumanda yangi turizm marshrutlarini yaratish, infratuzilmani yaxshilash, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun turistik markazga aylantirish bo`yicha kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu haqda Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning aprel oyida Prezidentning tegishli qarori bilan Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal`a tumani  tashkil etilgandi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1