Ozodbek Nazarbekov: "Nima uchun hokimlar tomonidan madaniy meros ob`ektlarini o`zboshimchalik bilan buzish holatlari sodir etilmoqda?"

Madaniyat 04.07.2020, 21:48
Ozodbek Nazarbekov: "Nima uchun hokimlar tomonidan madaniy meros ob`ektlarini o`zboshimchalik bilan buzish holatlari sodir etilmoqda?"

Avvalroq O`zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasi, 7-uy binosi bo`yicha shu vaqtga qadar qabul qilingan barcha qarorlarni bekor qilib, qayta tarixiy-madaniy ekspertiza o`tkazish yuzasidan topshiriqlar bergani haqida xabar berilgandi.

Shundan so`ng, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda vazirning ushbu qaroriga norozilik bildirilgan fikrlar, ushbu hududda istiqomat qiluvchi bir qancha fuqarolar va tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan murojaatlar keskin ko`paydi. Mazkur masalalar yuzasidan tushuntirish berish, muammoni yana bir bor o`rganib chiqish maqsadida bugun, 4 iyul kuni Madaniyat vazirligida jurnalistlar uchun brifing tashkil etildi. Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma`lum qildi.

"Aslida bugungi kunda madaniy meros tushunchasi jamiyatda shakllanganmi? Qay darajada? Madaniy merosga nisbatan hokimyat vakillarining, rahbarlarning munosabati qanday? Nima uchun hokimlar tomonidan madaniy meros ob`ektlarini o`zboshimchalik bilan buzish holatlari sodir etilmoqda.  

Hozirgi holatda ham tadbirkorning qo`lida Bobur 7 ning madaniy meros ob`ekti emasligi haqidagi qaror turibdi. Bu uy taqdiri esa sizni qay darajada bezovta qilayotgan bo`lsa, meni ham shunday tashvishlantirmoqda", -  dedi vazir brifingda.

Ozodbek Nazarbekov jurnalistlarga ham murojaat qildi:

"Shu o`rinda sizlarga bir murojaat qilmoqchiman. Avvalo jamiyatni, raxbariyatni madaniy merosga bo`lgan tushunchasini o`zgartirishimiz lozim. Merosimizga nisbatan hurmat ruhidagi maqolalar orqali sizlar qancha ko`p jamoatchilik e`tiborini tortsangiz bu mumammolarni bartaraf etishda yordamlashgan bo`lardingiz".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1