AsosiyDunyo

Muqaddam 60 marta qoida buzgan haydovchi inson hayotiga nuqta qo`ydi

Boshqirdistonning Sterlitamak shahrida 25 yoshli BMW X5 avtomobili haydovchisi yo`lni kesib o`tayogan piyodani urib yubordi, oqibatda piyoda voqea joyida halok bo`ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

“Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, piyoda svetoforning ta`qiqlovchi-qizil chirog`ida yo`lni kesib o`tayotganida, haydovchi uni urib yuborgan. 51 yoshli erkak kishi og`ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida vafot etgan”, —   deyiladi xabarda.   

Hozirda yo`l-transport hodisasi sabablari o`rganilmoqda.   

BMW haydovchisi bundan oldin ham ko`p marotaba yo`l harakati qoidalarini buzganligi aytilmoqda. Xususan, 2015 yil mobaynida u 20 marta ma`muriy javobgarlikka tortilgan, davlat avtoinspeksiyasi bazasida esa haydovchi tomonidan 60 martadan ko`proq qoidabuzarlik sodir etilgani qayd etilgan.

Boshqirdistonda 2015 yilning 10 oyi mobaynida 3,7 mingta YTH ro`yxatdan o`tkazilgan, ularda 501 kishi hayotdan ko`z yumgan, 4,7 ming kishi esa jarohatlangan. 316 ta YTH mast holda avtomobil boshqarish oqibatida yuzaga kelgan. Mast holda avtomobil boshqargan haydovchilarning aybi bilan 51 kishi vafot etgan, 441 kishi jarohatlangan.

 

   

 

    Boshqa yangiliklar