IBF'ning yangilangan reytingi e`lon qilindi: o`zbekistonliklar nechanchi o`rinda?

Sport 06.07.2020, 10:19
IBF'ning yangilangan reytingi e`lon qilindi: o`zbekistonliklar nechanchi o`rinda?

Xalqaro boks federasiyasi (IBF) professional boksda faoliyatini olib borayotgan charm qo`lqop ustalarining yangilangan reytingini e`lon qildi. Olamsport.com'ning ma`lum qilishicha, ushbu reytingdan o`zbekistonlik uch nafar bokschi o`rin olgan.

Yangilangan reytingda ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek, WBA yo`nalishi chempioni ham hisoblanadi.

Birinchi yarim o`rta vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev oltinchi o`rinda qolgan. Ushbu vaznda chempionlik kamari Josh Teylorga tegishli.

Yarimo`rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog`onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy da`vogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1