Kabaga teginish mumkin emas: bu yilgi Haj mavsumi qoidalari e`lon qilindi

Dunyo 06.07.2020, 16:23
Kabaga teginish mumkin emas: bu yilgi Haj mavsumi qoidalari e`lon qilindi

Saudiya Arabistoni Haj 2020 mavsumida hojilar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun amal qilinishi kerak bo`lgan qoidalar to`plamini e`lon qildi. Bu haqda davlat axborot agentligi xabar bergan.

Saudiya hukumati iyun oyida koronavirus pandemiaysi tufayli bu yilgi haj mavsumida qatnashuvchilar soni 1000 nafargacha qisqartirilishini ma`lum qilgandi. Unga ko`ra, bu mavsumda haj mahalliy musulmonlar bilan o`tkazilib, xorijdan musulmonlar qabul qilinmaydi.

Chetdan hojilarni qabul qilmaslik zamonaviy tarixda ilk bor kuzatilyotgan holatdir.

Yangi qoidalarga ko`ra, bu yilgi haj mavsumida islomdagi eng muqaddas joy hisoblangan Kabatullohga teginish taqiqlanadi. Umumiy ibodatlar va Kabani tavof qilish paytida musulmonlar bir yarim metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari kerak bo`ladi.

Shuningdek, Haj ibodatidagi muqaddas joylar bo`lgan Mino, Muzdalifa va Arofatga faqatgina tashkilotchilar va hojilar borishlari mumkin bo`ladi. Ularning barchasi har doim yuz niqoblarini taqishlari majburiydir.

Ma`lumot uchun, bu yilgi haj mavsumi 19 iyuldan 2 avgustgacha davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1