1

Oziq-ovqat sanoati chiqindilaridan qurilish materiallari ishlab chiqarish taklif qilindi

Dunyo 06.07.2020, 21:55
Oziq-ovqat sanoati chiqindilaridan qurilish materiallari ishlab chiqarish taklif qilindi

Rossiyalik olimlar tomonidan oziq-ovqat sanoati va o`rmon chiqindilaridan qurilishda ishlatiladigan ekologik isitish mahsulotlari olish texnologiyasi taklif qilindi.

Unga ko`ra, uyni isitishga mo`ljallangan yangi qurilish materialini tayyorlash uchun sut zardobi va pekmez (shinni) aralashtiriladi. Keyin olingan tarkibga mikroorganizmlar qo`shiladi. Ushbu tarkibiy qismlarni oziqlantirish bilan ular dekstran deb nomlangan polimer hosil qiladi, keyinchalik u materialning yopishqoq asosi sifatida ishlatiladi.

Ushbu izolyasion mahsulot kelajakda uy haroratini mo``tadil saqlashga va havo o`tkazishga yordam beradi. Shuningdek, olimlar yong`in xavfsizligini ham e`tiborga olishgan. Bunga suvda eriydigan va olovdan saqlovchi moddalarni kiritish orqali erishiladi.

Bauman nomidagi Moskva davlat texnik universiteti ekspertlariga ko`ra, bugungi kunda qurilishda ishlatiladigan formaldegid inson salomatligiga zararli bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham yangi material istiqbolli bo`lib, ekologik toza bo`lishdan tashqari, u tabiiy ta`sirlar, ayniqsa suvga chidamli.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1