1

Rossiyalik bir guruh virusologlar pandemiya bilan kurashda ko`maklashish uchun Qozog`istonga keldi

Dunyo 06.07.2020, 23:31
Rossiyalik bir guruh virusologlar pandemiya bilan kurashda ko`maklashish uchun Qozog`istonga keldi

Epidemiologlar, virusologlar va boshqa ixtisoslashgan soha shifokorlaridan iborat 32 kishilik guruh keldi. Bu haqda Tengrinews.kz  xabar beradi.

6 iyul kuni maxsus reys bilan Rossiya Sog`liqni saqlash vazirligi va Rospotrebnadzor (sanitariya va epidemiologiya bo`yicha davlat nazorati, epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil qilish va o`tkazish, shuningdek iste`molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradigan Rossiya Federasiyasining Federal xizmati)ning bir guruh shifokorlari Nur-Sultonga kelishdi.

Rossiyalik shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi birgalikda kurashish uchun Qozog`iston Bosh vaziri Asqar Maminning Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan kelishuvlari doirasida tashrif buyurishdi.

32 kishidan iborat guruhga epidemiologlar, virusologlar va boshqa ixtisoslashgan soha shifokorlari kiritilgan.

Rossiyalik mutaxassislar qozoq shifokorlariga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda maslahat va amaliy yordam ko`rsatadilar.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1