AsosiyDunyo

Sobiq Qozog`iston prezidentinining qizi yangi lavozimga tayinlandi

'Sobiq Qozog`iston prezidentinining qizi yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

Qozog`iston Senatining eks-spikeri, Millat yo`lboshchisi Nursulton Nazarboevning to`ng`ich qizi Darig`a Nazarboeva otasining fondiga rahbarlik qiladigan bo`ldi. Kuni kecha u fond direktori sifatida poytaxtdagi kovorking markazi ochilishida ishtirok etdi.

“Nursulton Nazarboev fondi direktori Darig`a Nazarboeva "Kamkorlik" kovorking markazining ochilish marosimida ishtirok etdi», — deyiladi Nur-Sulton shahri hokimiyati saytida.

Mazkur markazni shahar ma`muriyati bilan Nazarboev fondi birgalikda tashkil etdi. Bu erda ko`p bolali ayollar, yolg`iz onalar, alohida parvarishga muhtoj bolalarni tarbiyalayotgan ayollar, kam ta`minlangan fuqarolar va og`ir maishiy sharoitda yashayotgan bolalar, nogironlar o`qitiladi.

«Nazarboeva markazning moddiy-texnika bazasi bilan tanishib, xonalarni ko`zdan kechirdi», deyiladi xabarda.

Mazkur markaz barcha yo`nalishda o`quv kurslarini tashkil etadi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, guzallik sanoati, tikuvchilik, kigiz tayyorlash ishlari, media sohalari shular jumlasidandir. Markazda har yili 1 800 nafar ayol o`qitiladi. O`quv kurslarining davomiyligi bir oydan uch oygacha bo`lgan muddatni o`z ichiga olgan.

Markaz xodimlarining aytishicha, kurslarni tamomlagan ayollar o`zlarining biznesini ochish imkoniyatiga ega bo`ladi. Buning uchun ular «Mehnat» davlat dasturi bo`yicha 505 ming tenge miqdorida grant olishi mumkin.

Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev shu yil may oyi boshida Nazarboevaning Senatdagi raislik vakolatini to`xtatgan edi. Shundan buyon El boshining qizi haqida hech narsa aytilmayotgandi. uning iste`fosi sabablari haqida ham rasman hech narsa deyilmagan.

    Boshqa yangiliklar