AQSh kuzgi semestrda onlayn ta`lim oladigan xorijlik talabalardan mamlakatni tark etishlarini talab etmoqda.
Immigrasiya va bojxona polisiyasining ma`lum qilishicha, bunday talabalarga Davlat departamenti viza bermaydi va Chegara nazorati ularni mamlakatga kiritmaydi. Bu haqda Tashqi Migrasiya agentligi axabar berdi.
Shu bilan birga, AQShda qolishni istagan talabalarga hukumat o`qish joyini, hech bo`lmaganda o`qishning bir qismini kunduzgi ta`limga o`zgartirishni taklif etmoqda. Bu haqda
Immigrasiya polisiyasining bunday qarori minglab chet ellik talabalarga ta`sir qilishi mumkin. Sababi koronavirus pandemiyasi tufayli Amerikaning ko`plab universitetlari onlayn formatga o`tishni boshlagan edi. Amerika Ta`lim kengashi vise-prezidenti Bred Farnsuortning so`zlargi ko`ra, koronavirus bilan bog`liq vaziyat kuzda yomonlashishi mumkin, shundan keyin hatto kunduzgi kurslar ochgan universitetlar ham onlayn ta`limga o`tishga majbur bo`ladi.