Qozog`iston koronavirusni jilovlay olmayaptimi?

Dunyo 07.07.2020, 18:12
Qozog`iston koronavirusni jilovlay olmayaptimi?

Yakshanbadan Qozog`istonda yana jamoat transporti harakati cheklandi, odamlarga uch kishidan ortiq yurish taqiqlandi. Sport iinshootlari va savdo markazlari yopilib, ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda bbc.com xabar berdi.

Qozog`iston ana shu cheklovlar tufayli butun mamlakat bo`ylab ikkinchi marta karantin joriy qilgan dunyodagi birinchi davlat sifatida tarixga kirdi. Biroq mamlakatda xalqaro parvozlar to`xtatilmayapti, mintaqalararo harakatlanish erkin. Dorixona, oziq-ovqat do`konlari va bozorlar faoliyatiga ruxsat berilgan.

Manbada aytilishicha, Qozog`istonda oldingi karantin choralari 16 martdan 11 mayga qadar amal qilgan. Yangi cheklovlar ikki hafta davom etishi kerak. Ammo birinchi marta karantin joriy qilingan paytda Qozog`istonda koronavirusga chalinganlar soni hozirgidan besh barobar kam yoki 9 ming nafar edi. Hozir esa bu ko`rsatkich 48 ming 500 nafarni tashkil etmoqda.

Karantin choralari bekor qilingan 11 mayning o`zida 5100 ta yangi holat qayd etilgan. Aksar qozog`istonliklar ijtimoiy masofa saqlash va niqob taqish haqidagi tavsiyalarga rioya qilmagani, ta`til uchun xorijiy mamlakatlarga yo`l olgani aytiladi.

Ayni paytda Prezident Qosim-Jo`mart Toqaev Qozog`iston koronavirusga qarshi kurashni boy berayotgani va hukumat vaziyatni nazorat qilmayotgani haqidagi tanqidlarni rad etgan.

Toqaev Qozog`iston matbuotiga bergan intervyusida hukumat virusni jilovlash bo`yicha barcha zarur choralarni ko`rayotganini aytib, mamlakat aholisini karantin tartibiga qat`iy amal qilish va sanitariya qoidalarini saqlashga chaqirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1