Prezident qator mahalliy rahbarlarni lavozimidan oldi, bir nechtasiga hayfsan e`lon qilindi

Jamiyat 08.07.2020, 21:29
Prezident qator mahalliy rahbarlarni lavozimidan oldi, bir nechtasiga hayfsan e`lon qilindi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 8 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. 

Unda bir qancha mahalliy rahbarlar lavozimidan ozod etilgani ma`lum qilindi.

Xususan, Farg`ona tumani hokimi Ilhom Nosirov, Yakkabog` tumani prokurori Mustafoev, G`uzor tumani IIB boshlig`i Rahmonov, Chortoq tumani IIB boshlig`i Abduraimov, Muborak tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i Temirov, Qo`qon davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i Turdiqulov lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, bir nechta mahalliy rahbarlarga hayfsan e`lon qilindi.

 Jumladan, Sho`rchi tumani hokimi Xudayberganov, Kattaqo`rg`on, Koson va Payariq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Otamurodov, Otakulov va Shermuxamedov, Narpay, G`allaorol tumanlari va Guliston shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Dehqonov, Mamaev va Radjabovlarga nisbatan oxirgi ogohlantirish sifatida “hayfsan” e`lon qilinishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1