Gazetamizning avvalgi sonida “Oshig`i olchi” san`atkorlarning “stavka”si qancha?” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqola so`nggida san`atkorlarning to`y xizmatlari narxlari nima asosida belgilanishi qayd etib o`tilgandi.
Mazkur maqolani tayyorlash jarayonida so`rovnomalarimizda ishtirok etganlar san`atkorlarning to`y xizmatidagi “stavka”lari ular yaratayotgan qo`shiqlar, kliplar va tayyor mahsulotni “aylantirish” xarajatlarini inobatga olgan holda belgilanishi ta`kidlashdi.
Haqiqatdan ham shundaymi?
Uzunquloq gaplarga ko`ra, 1 qo`shiqni 1 oy “aylantirish”ga 5 000 dan 10 000 sh/b (shartli birlik)gacha mablag` talab qilinar ekan. Hisoblab chiqadigan bo`lsak, bir yilda aql bovar qilmas darajadagi xarajat kelib chiqadi. Xo`sh, shu rostmi? Albatta, birovning cho`ntagidagi pulni hisoblash noto`g`ri, ammo OAV vakili sifatida surishtiruv o`tkazishga qaror qildik.
Mazkur surishtiruv natijalarini "Darakchi" gazetasining 26 noyabr kuni sotuvga chiqadigan sonidan bilib olishingiz mumkin.





