AsosiyDunyo

NASA Marsga uchuvchi raketa dvigatellari uchun shartnoma imzoladi

AQSh fazoni tadqiq etish va aeronavtika milliy boshqarmasi (NASA) Aerojet Rocketdyne bilan Space Launch System (SLS) raketasi uchun RS-25 dvigatellari ishlab chiqarish uchun shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda “Lenta.ru”.

Shartnoma bahosi 1,16 milliard dollarni tashkil etdi. U 2015 yildan 2024 yilning 30 sentyabrga qadar amal qiladi. Shartnoma doirasida RS-25 dvigatelini ishlab chiqarish quvvatini qayta ishga tushirish ko`zda tutilgan.   Aerojet Rocketdyne RS-25 ishlab chiqarish bo`yicha asosiy ta`minotchi hisoblanadi.

SLS  raketasi mazkur modelning to`rt dvigateli bilan ta`minlanadi. Space Launch System dunyodagi eng qudratli raeta sifatida loyihalashtirilmoqda. Uning asosiy maqsadi Mars ekspedisiyasini sayyoraga eltib qo`yishdan iborat. SLS ning birinchi sinov uchishi 2018 yilga mo`ljallangan.

 Raketa 70 tonnagacha bo`lgan yukni ko`tara oladi. U uchuvchisiz tartibdagi  Orion kosmik kemasini olib uchadi.  Kelajakda bu ko`rsatkich 130 tonnagacha oshirilishi ko`zda tutilgan.

 SLSni yaratish bo`yicha ishlar NASAning Boeing bilan tuzilgan shartnomasi doirasida amalga oshiriladi. Aynan mana shu raketada ko`p marta ishlatish mumkin bo`lgan Orion kosmik kemasi fazoga uchiriladi. 2030 yilga kelib esa astronavtlar ushbu kosmik kema orqali Marsga yuboriladi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar