1

Buxoroda Mahmudxo`ja Behbudiy haqidagi badiiy filmning suratga olish ishlari yakundanmoqda

Madaniyat 09.07.2020, 11:21
Buxoroda Mahmudxo`ja Behbudiy haqidagi badiiy filmning suratga olish ishlari yakundanmoqda

"O`zbekkino" Milliy agentligi Buxoroda buyuk tarixiy shaxs, o`zbek dramaturgiyasining asoschisi Mahmudxo`ja Behbudiy haqidagi tarixiy dramani suratga olish ishlarini boshlashga muvaffaq bo`lgan edi. Hozirda esa filmni suratga olish ishlari yakunlanmoqda.

Behbudiy jadidchilikning atoqli vakili, ma`rifatparvar va milliy teatr san`atining asoschilaridan biri bo`lgan. Uning faoliyati o`z davrida o`lkamizda madaniyat, fan va ta`limning rivojlanishiga zamin yarata oldi.

Film o`sha davrning haqiqiy voqealariga asoslangan bo`lib, XIX asr oxiridan XX asrning 20-yillarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Filmning badiiy mohiyati katta epizodli xotiralardan iborat bo`lib, ular orqali Mahmudxo`ja Behbudiyning butun hayot yo`liga chuqur nazar solish mumkin. Film haqiqiy tarixiy voqealarga to`la bo`lib, unda Qo`qon muxtoriyatining mag`lubiyati, qochqinlar va harbiy to`qnashuvlar haqida hikoya qilinadi.  

Buxoroda Behbudiyning qamoqdagi so`nggi kunlari, zindondagi epizodlari suratga olinadi. Bundan tashqari, filmning suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand va yurtimizning boshqa shaharlarida ham bo`lib o`tdi.  

Ssenariy mualliflari Baqo Sodiqov va Ulug`bek Sodiqov. Postanovkachi rejisser - Baqo Sodiqov.

  "Ushbu film "O`zbekkino" Milliy agentligining maxsus buyurtmasi asosida ma`rifatga yo`g`rilgan Islom asoslari va uning asl mohiyatini butun dunyoga ko`rsatib bergan jadidchilar va xususan, Mahmudxo`ja Behbudiyning fidokorona xatti-harakatlariga ehtirom sifatida suratga olinmoqda. Bunday daholar insonparvar millatimizning asl in`ikosi va ularning yorqin xotirasini tiklash biz uchun farzdir! Filmda aks etgan Behbudiyning ko`plab monologlari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan”, – deydi film ssenariysi hammuallifi Ulug`bek Sodiqov.

Bu yil 145 yilligi keng nishonlanishi kutilayotgan taniqli olim va publisist Mahmudxo`ja Behbudiy haqidagi mazkur tarixiy drama tomoshabinlar uchun ajoyib sovg`a bo`ladi va ayniqsa, yoshlarga ma`naviy ozuqa bera oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1