“Nasriddin Afandining hazillari"ni YuNESKOning Jahon merosi ro`yxatiga kiritish taklif qilindi

Madaniyat 09.07.2020, 23:13
“Nasriddin Afandining hazillari"ni YuNESKOning Jahon merosi ro`yxatiga kiritish taklif qilindi

Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg`iziston, Turkmaniston, Qozog`iston, O`zbekiston va Turkiya hamkorligida Nasriddin Afandi latifalarini YuNESKOning nomoddiy madaniy meros ro`yxatiga kiritish taklif qilindi, deya xabar berdi Tojikiston Respublikasi Madaniyat vazirligi.

Tegishli hujjatlarni YuNESKOga Tojikiston tomonidan madaniy ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, Tojikistonning YuNESKO ishlari bo`yicha milliy komissiyasi ko`magida tayyorlashdi, deb yozadi «Avesto» axborot agentligi.

Nasriddin Afandi yoki «Xo`ja Nasriddin» XIII-asrdan beri O`rta Osiyo, Yaqin Sharq, Xitoy, Kavkazorti va Bolqonda tarqalgan latifalar, rivoyatlar va ertaklardagi hajviy xarakterdir.

Nasriddin Afandi haqiqatan ham mavjud bo`lgan yoki yo`qligi haqida hech qanday ma`lumot yo`q, ammo tarixchilar va yilnomachilar uning kelib chiqishining bir nechta versiyasini keltiradilar. Ulardan biriga ko`ra, uning vatani Buxoro, boshqasiga ko`ra u umuman Xitoyda tug`ilgan. Ammo bularning barchasi ko`pgina mamlakatlarda uning sharafiga yodgorlik o`rnatilishiga xalaqit bermadi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1