AsosiyDunyo

Turkiyaning qiruvchi samolyoti Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirdi

RF Prezidenti Vladimir Putin bugun Suriya osmonida Rossyaning Su-24 samolyoti Turkiyaning F-16 samolyotidan otilgan raketa yordamida urib tushirilgani haqida ma`lum qildi, bu haqda RIA Novosti xabar beradi.

“Hodisa Turkiya chegarasidan ming metr uzoqlikda olti kilometr balandlikda sodir bo`ldi. Turkiya bu masalada biz bilan aloqaga chiqish o`rniga darhol NATO bilan aloqaga chiqdi, RF samolyoti ularning qiruvchisini urib tushirgani haqida axborot berdi”, - deydi RF Prezidenti o`z xabarida.

Putin Turkiyaning bu harakatini orqadan berilgan zarba deya baholadi. "Ushbu zarba Turkiya bilan ikkitomonlama munosabatlar uchun yomon oqibatlarga olib keladi", - deya sharhlaydi davlat rahbarining so`zlarini TASS.

 

    Boshqa yangiliklar