Kuni kecha ish yuzasidan aktrisa Zamira Beshimova bilan suxbatda bo`ldim. Suxbat davomida aktrisa iloji bo`lsa bitta mavzuda unga ko`mak berishimizni so`radi.
Aktrisa o`zining istagida shunday so`zlarni aytdi:
“Bilasizmi, otam vafotlaridan so`ng ularning qarindoshlari bilan munosabat uzoqlashib ketgan. Ular bilan farzandimni tanishtirishni, aloqalarni tiklashni hohlardim. Afsus, bir shaharda turib, ular bilan qanday bog`lanishni bilmayman. Balki ular istashar, balki yo`q”.
Nima ham derdik, aktrisaning bu istagi amalga oshishiga baholi qudrat hissa qo`shishga urunib ko`ramiz. Natija qanday bo`lishini vaqt ko`rsatadi.





