1

Shavkat Mirziyoev yangi qarorga imzo chekdi

Siyosat 11.07.2020, 10:50
Shavkat Mirziyoev yangi qarorga imzo chekdi

«Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg`i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» Prezident qarori (PQ–4779, 10.07.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

  • 2020 yil 1 avgustdan hududiy elektr korxonalari tomonidan elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalari, quvvati 1MVt gacha bo`lgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalardan, shu jumladan o`z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish bo`yicha tarif sotish, tarqatish va etkazib berish xarajatlarini chegirib tashlagan holda II tarif guruhi iste`molchilari darajasida belgilanadi;
  • sanoat ko`lamidagi qayta tiklanuvchi elektr manbalari (gidroelektrstansiyalardan tashqari) loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlar auksion (tanlov) orqali aniqlanadi.
  • 2020 yil 15 iyuldan 31 dekabrgacha 750 kVAgacha bo`lgan quvvatda ulangan hamda qo`shimcha uchinchi smenani tashkil etgan mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko`rsatuvchi iste`molchilar (Davlat soliq qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan ro`yxat bo`yicha) uchun tungi davrda foydalanilgan elektr energiyasi bo`yicha 1,5 baravar kamaytirilgan koeffisient qo`llaniladi;
  • yuridik shaxslar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to`lov kiritish to`g`risidagi majburiy talabni 30 foizgacha kamaytirish imkoniyati davlat korxonalari va ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Qaror bilan 3,3 mlrd. kVt soat elektr energiyasi, 2,6 mlrd. m³ tabiiy gaz va 16,5 ming tonna neft mahsulotlarini tejashni nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1