1

"O`zbekkino" MA Butunrossiya davlat kinomatografiya instituti (VGIK)ga o`zbekistonlik abiturientlar uchun tanlov asosida qabul e`lon qildi

Madaniyat 11.07.2020, 12:46
"O`zbekkino" MA Butunrossiya davlat kinomatografiya instituti  (VGIK)ga o`zbekistonlik abiturientlar uchun tanlov asosida qabul e`lon qildi

“O`zbekkino” MA  tomonidan Butunrossiya davlat kinomatografiya instituti (VGIK) bilan hamkorlikda kinomutaxassislar tayyorlash, shuningdek, master-klasslar o`tkazish uchun institut professor-o`qituvchilarini jalb qilish bo`yicha kelishuvga erishilgan edi. Unga ko`ra, Butunrossiya davlat kinomatografiya institutiga kino sohasiga qiziquvchi, ushbu yo`nalishda tahsil olishni istagan  o`zbekistonlik abiturientlar uchun tanlov asosida onlayn qabul o`tkaziladi.

O`qishga kirish VGIKning quyidagi fakultetlari bo`yicha amalga oshiriladi:

•Kino va televizion rejissyorlik yo`nalishi:

-Badiiy film va telefilm rejissyorligi

-Nobadiiy film va telefilm rejissyorligi 

-Televizion ko`rsatuvlar rejissyorligi

-Animasiya va kompyuter grafikasi bo`yicha

-Multimedia rejissyorligi

•  Dramaturgiya

•  Kinooperatorlik

•  Prodyuserlik

Hujjat topshirish istagida bo`lgan abiturientlar uchun rus tilini bilish muhim hisoblanadi. Kerakli hujjatlar hamda ijodiy ishlar quyidagi elektron manzil orqali 15.07.2020 gacha qabul qilinadi: uzbekkino_vgik@mail.ru 

Qabul qilingan arizalar bo`yicha to`liq ma`lumotlarni quyidagi manzildan olish mumkin: 

https://vgik.info/abiturient/higher/index.php?SECTION_ID=65

Ma`lumot uchun:  +99897 700 49 54, Sayyora Xudoyberdieva

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1