Polisiyachi tomonidan qora tanli o`smir yigitni otib o`ldirilgani tasvirlangan videorolik e`lon qilinganidan so`ng shahar aholisi norozilik namoyishi uyushtirdi. Bu haqda “korrespondent.net” xabar bermoqda.
Chikagoda 100 ga yaqin kishi 17 yoshli qora tanli Lakuan Makdonaldning polisiyachi tomonidan otib o`ldirilgani tasvirlangan videorolikni toshoma qilgandan so`ng miting uyushtirishdi.
Hodisa oktyabr oyida Chikago ko`chalaridan birida yuz bergan edi. O`shanda polisiyachilar yo`lning serqatnov qismida qo`lida pichoq bilan yurgan o`smirni kuzatib borardi. Avtomobillardan biriga o`rnatilgan kamera voqeani tasvirga olgan. Videoda Makdonald polisiyachilar yonidan o`tib ketayotganida ulardan biri o`smirga qarata o`q uzganini ko`rish mumkin. Shundan so`ng o`smir asfaltga yuztuban yiqiladi, biroq otishma shu bilan to`xtamaydi. Makdonaldning tanasidan 16 ta o`q izi topilgan.





