1

Aholi orasida koronavirus bilan kasallanganlarning keskin oshib ketishi nima bilan bog`liq?

Jamiyat 13.07.2020, 13:58
Aholi orasida koronavirus bilan kasallanganlarning keskin oshib ketishi nima bilan bog`liq?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Toshkent shahri sanitariya- epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o`rinbosari Bobur Qurbonov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. U muhim savollarga javob berdi.

"Aholi orasida koronavirus bilan kasallanganlarning keskin oshib ketishi nima bilan bog`liq?"

– Xorijdagi fuqarolarimiz O`zbekiston hududiga kirib kelgach, maxsus karantin zonalariga joylashtiriladi, ya`ni ular qarindoshlari, do`stlari va tanishlari bilan muloqot qilmaydi. O`sha erda ulardan test tekshiruvi uchun tahlillar olinadi. Shundan so`ng ularga tashxis qo`yiladi. Natijalar asosida COVID-19 tasdiqlanadi.

Aholi orasida koronavirusga chalinganlarning ko`payib ketayotganiga sabab: fuqarolarimiz, asosan yoshlarimiz karantin tadbirlariga amal qilmay qo`ydi. Tibbiy niqoblarni noto`g`ri taqish (burunni ochib), masofa saqlamaslik, yoshlarning kechalari mahallalar va ko`p qavatli uylar tagida yig`ilib birga vaqt o`tkazishlari — mana shu sabablar tufayli Toshkent shahrida kasallanishlar soni keskin ko`paymoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1