Turkiyaning qiruvchi samolyoti tomonidan urib tushirilgan Rossiyaning Su-24 samolyoti uchuvchisi Suriyadagi xizmatida qolish niyatida ekanligini ma`lum qildi. U o`zini kasalxonadan chiqishini intizorlik bilan kutmoqda.
"Men ushbu aviabazada qolish haqida so`ramoqchiman —komandirim hayoti uchun "qarzimni" uzishim kerak", — deydi kapitan Konstantin Muraxtin.
Rossiyalik uchuvchi Turkiya Su-24 ga o`q uzishdan oldin hech qanday ogohlantirish amalga oshirilmaganini ma`lum qildi.
"Hech qanday ogohlantirish bo`lmadi. Radiodan ham, vizual ham. Hech qanday aloqa o`rnatilmadi. Shu sababli biz shtat holatida jangovor harakatga kirishdik. Bombardimon hamda F-16 qirruvchisining tezligini tushunish kerak. Agar bizni ogohlantirishmoqchi bo`lishganida ular parallel kursga o`tib, o`zlarini ko`rsatishgan bo`lardi. Bunday narsa bo`lmadi. Raketa samolyotimiz orqasiga to`satdan keldi. Biz uni mutlaqo ko`rmadik, aks holda raketaga qarshi menyovr amalga oshirardik", — deya izoh berdi Konstantin Muraxtin.
Turkiya qiruvchisi tomonidan urib tushirilgan samolyot shturmani samolyot Suriya-Turkiya chegarasidan o`tmaganligini alohida ta`kidladi. Bundan tashqari, uchuvchilar bir necha bor parvoz amalga oshirgan ushbu hududni yaxshi bilishardi.
Su-24 urib tushirilgandan so`ng ekipaj katapulta yordamidan foydalandi. Ammo qo`nayotganda ekipaj komandir — podpolkovnik Oleg Peshkov halok bo`ldi. U jangarilar tomonidan otilgan o`qdan havodayoq vafot etgandi.
Su-24 shturmani kapitan Konstantin Muraxtinni qutqaruv ishlari 12 soat davom etdi. Qidiruv operasiyasida rossiyalik harbiylar ham suriyalik maxsus xizmat xodimlari ham ishtirok etishdi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin halok bo`lgan podpolkovnik Oleg Peshkovni Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirladi.





