Filippin poytaxti Manilaning haroba tumanlaridan birida yuz bergan yong`in 800 ta uyni kulini ko`kka sovurdi, buning oqibatida minglab odamlar boshpanasiz qoldi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar beradi.
Halokat oqibatida to`rt kishi jabrlandi, qurbonlar yo`q. O`t o`chiruvchilar mahalliy aholi bilan birga tezlik bilan taqalayotgan o`t bilan kurashishmoqda.
2 mingga yaqin oilalar jamoat parki, trenajyor zallar hamda maktablardan boshpana topishga majbur bo`lishdi.