1

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi ma`lum bo`ldi

Sport 16.07.2020, 20:09
Isroil Madrimovning navbatdagi jangi ma`lum bo`ldi

Boks bo`yicha Osiyo o`yinlari va Osiyo chempionati g`olibi, professional boksda mag`lubiyatsiz odimlayotgan iste`dodli bokschimiz Isroil Madrimov yaqin kunlar ichida AQShda navbatdagi jangini o`tkazadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Isroil Madrimov bugun tongda charter reys orqali okean ortiga yo`l oldi. Uning keyingi jangi katta ehtimol bilan bugun etib boradigan shahar – Nyu-Yorkda tashkil etiladi.

Tashkil etiladigan jangning aniq sanasi va unda hamyurtimizga raqib bo`ladigan bokschining nomi hozircha oshkor etilmayapti. Lekin, tez orada bu haqda OAV orqali ma`lumot berilishi aytilmoqda.

Ma`lumot uchun, Isroil Madrimov joriy yiling fevral oyidan beri O`zbekistonda bo`lib turgandi. Bu vaqt ichida u O`zbekiston terma jamoasi safida ham mashg`ulotlar olib borishga ulgurdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1