Amerikalik engilmas bokschi Trevell Mazion 15 iyul, chorshanba kuni Ostin shahrida (Texas shtati) sodir bo`lgan avtohalokat oqibatida vafot etdi. YTHda Yana ikki kishi tan jarohati olgan.
Mazion yana 9 kundan keyin 25 yoshga to`lardi.

Super yarim o`rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiquvchi bokschi 2013 yilda profi boksda debyut qilgan va oxirgi jangini 2020 yilning 11 yanvarida o`tkazgandi. O`shanda Trevell Fernando Kastanedani 1-raunddayoq mag`lub etib, NABF chempionlik kamariga ega chiqqandi.
U jami 17 jang o`tkazib, ularning barchasida g`alaba qozongan va 13 jangni nokaut bilan yakunlagandi.






