AsosiySport

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yana bir mega loyihani taqdim etmoqda

'Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yana bir mega loyihani taqdim etmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi pandemiya sharoitida yurtdoshlarimizni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishga jalb etish orqali ular salomatligini mustahkamlash va immunitetini ko`tarishga hissa qo`shish maqsadida bir qator onlayn sport musobaqalari o`tkazilishini e`lon qiladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

2020 yil 20 iyuldan boshlab “Onlayn yurish”, “Onlayn yugurish”, “Onlayn velomarafon”, “Onlayn shaxmat”, #uydaqol #hayotgaqo`shil! chellenji hamda kibersport bo`yicha 8ta yo`nalishda “MinSport eSropts CUP” musobaqalariga start beriladi. Mazkur sport tadbirlarining barchasi Yangi yil bayramiga qadar davom etadi va yakunda g`oliblar qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi. Jumladan, kibersport bo`yicha o`tkaziladigan "Minsport eSports CUP" musobaqasining umumiy sovrin jamg`armasi 100 million so`mdan oshsa, onlayn shaxmat musobaqasining mutloq g`olibi Spark avtomobilini qo`lga kiritish imkoniyatiga ega bo`ladi. Shunday ekan, imkoniyatingizni boy bermang, onlayn sport tadbirlarida faol ishtirok eting va qimmatbaho sovg`alarni qo`lga kiriting!

Batafsil ma`lumotlar  www.minsport.uz saytida.

Istagimiz, odamlarda faol hayot tarziga bo`lgan ko`nikmani yanada jonlantirish hamda millat genofondini sog`lomlashtirish yo`lida o`z hissamizni qo`shish, deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar