AsosiyJamiyat

O`zbekiston 18 ta davlatga gilos eksport qildi

'O`zbekiston 18 ta davlatga gilos eksport qildi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yil 1 iyul holatiga jami 31,3 ming tonna gilos mevasi eksport qilingan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga qaraganda 14,6 ming tonnaga ko`p.

Qariyib 61 million AQSh dollariga teng bo`lgan gilos mevasi 18 ta xorijiy mamlakatlar bozorlarida sotilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat.

Ushbu mamlakatlar orasida Qozog`iston 16,7 ming tonna (23 million AQSh dollari), Rossiya 9,3 ming tonna (15,8 million AQSh dollari), Qirg`iz Respublikasi 4,7 ming tonna (20 million AQSh dollari) va  Koreya Respublikasida 124,3 tonna (496,9 ming AQSh dollari) bilan yuqori ulushga ega bo`ldi.

E`tiborlisi, so`nggi yillarga qaraganda bu yil o`zbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Mongoliya, Ummon, Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi.

    Boshqa yangiliklar