AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi

'O`zbekiston 2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi'ning rasmi

Joriy yilning 1 iyul holatiga ko`ra, qiymati 886,4 ming AQSh dollariga teng bo`lgan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, tarvuz mahsulotining eksporti bo`yicha Rossiya Federasiyasi 1 179 tonna ko`rsatkich bilan etakchilik qilmoqda. Lekin bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 228 tonnaga kam.  

Bundan tashqari o`zbek tarvuzlari Belorus, Estoniya, Mongoliya Polsha, Qozog`iston, Tojikiston, Ukraina, Qirg`iz Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.  

Jumladan, Qozog`istonga 319,2 tonna, Qirg`iz Respublikasiga 216,5 tonna, Ukraina 184,5 tonna va Belorus Respublikasiga 148,1 tonna tarvuz eksport qilingan.

    Boshqa yangiliklar